Bugun 23 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Bengal ko‘rfazida yuk kemasi cho‘kib ketdi

Bengal ko‘rfazida yuk kemasi cho‘kib ketdi

Bengal ko‘rfazida Panama bayrog‘i ostida suzib ketayotgan MV Ocean Winner yuk kemasi halokatga uchrab, cho‘kib ketdi. Bu haqda PTI xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa Hindistonning Odisha shtati sohilidan taxminan 240 dengiz mili uzoqlikda sodir bo‘lgan.

Kema bortida 24 nafar ekipaj a’zosi — Xitoyning 20, Myanmaning 3 va Bangladeshning 1 nafar fuqarosi bo‘lgan.

MV Ocean Winner temir rudasi yuki bilan Singapur tomon harakatlanayotgan edi. Ekipaj a’zolarining hozirgi holati haqida ma’lumot berilmagan.

Kiritildi: 23:41 22.08.2026. O'qildi: 336 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!