"Benfika"ning sobiq futbolchisi Manu 43 yoshida vafot etdi.
Bu haqda "Alverka" klubi matbuot xizmati ma’lum qildi.
A Bola gazetasining xabar berishicha, Manu avtohalokat natijasida vafot etgan.
Manu Portugaliyaning "Alverka" klubining yoshlar tizimining mahsulidir. Faoliyati davomida u Portugaliya, Italiya, Gresiya, Polsha, Xitoy va Kipr ligalarida o‘ynagan.
"Legiya" bilan u ikki marta Polsha kubogini qo‘lga kiritgan (2011 va 2012). U 2019 yilda professional futboldan ketgan.