Bugun 22 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Ben Laden tirikmi?

A A A
Ben Laden tirikmi?

Kecha AQShda qiziq bayonot berilibdi. Aslida, bu mamlakatda har safar prezident saylovi yaqinlashgani sari ana shunday sensasiyalar, ezoterik ma’lumotlar tashqariga sizib chiqadi, adoqsiz tuhmatlar va dezinformasiyalar jangi boshlanadi.

Masalan, bugun Jorj Bush-kichkina va Barak Obama, ularning safdoshlari bo‘lgan Jo Bayden va Xillari Klinton ma’muriyatlariga oid chuqur sirlardan birining uchi chiqarildi (rost bo‘lsa, albatta).

Gap shundaki, kongressmen Allan Parrot va yurist Bray Ettinger o‘rtasidagi telefon suhbatining bir qismi e’lon qilindi. Unda X.Klinton, Bayden, Obama va Brennon (MRBning sobiq direktori)larning Ben Ladenga qilingan suiqasdni soxtalashtirishga aloqadorligi, Ben Ladenning o‘zi esa AQSh hukumati tomonidan himoyalangani va ayni paytda Eronda ekanligini isbotlovchi dalillar mavjudligi haqida gap boradi.

Prezident Obamaning bir paytlari Eronga nisbatan bosimni nega susaytirganini va bu keyinchalik Trampni ne sababdan g‘azablantirganini shundan ham tushunib olish mumkin.

Aytishlaricha, AQSh kongressi vakillik palatasining harbiy masalalar bo‘yicha kichik qo‘mitasi raisi bo‘lgan Kurt Ueldon ushbu ma’lumotga ega hamda u qandaydir majburiyat bilan ham bog‘langan. Ettinger esa “biz uni himoya qilamiz” degan. 

Boz ustiga, mazkur ma’lumotlarning barchasidan allaqachon Donald Tramp xabardor va endi Obama, Klinton, Bayden hamda Brennonlarni davlatga xiyonatda ayblashga chaqiriq yanada balandroq yangray boshlaydi.

Ben Ladenning boshqa mamlakatga sirli o‘tkazib yuborilishi haqidagi bugungi bayonot esa Bayden bilan yaqin orada bo‘lib o‘tadigan debatning asosiy mavzusiga aylanadimi-yo‘qmi, buni vaqt ko‘rsatadi.

Qisqasi, AQShda saylovoldi kampaniyasi tobora qizib, qiziqarli bo‘lib boryapti. Demak, diqqat bilan kuzatib boramiz.

Kiritildi: 08:53 15.10.2020. O'qildi: 8750 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik