Bugun 4 may, 2026 yil, dushanba

КИР

Ben-Gvirga tug‘ilgan kunida “dorga osilgan” tort sovg‘a qilindi

Ben-Gvirga tug‘ilgan kunida “dorga osilgan” tort sovg‘a qilindi

Isroil milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir 50 yoshga to‘lishi munosabati bilan ramziy ma’nodagi — “dorga osilgan” shakldagi tortlar qabul qildi. Bu haqda The Times of Israel xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, tortlardan biri vazirga uning rafiqasi tomonidan taqdim etilgan. Yana bir tortda esa G‘azo sektori va G‘arbiy Sohil tasvirlangan xarita hamda unga qaratilgan ikki to‘pponcha aks ettirilgan. Bu bezaklar vazirning qurol qonunchiligini yumshatish siyosatiga ishora sifatida baholanmoqda.

Xabarda aytilishicha, mazkur sovg‘a joriy yil mart oyida qabul qilingan terrorchilar uchun o‘lim jazosini joriy etish haqidagi bahsli qonunga ham ishora qiladi.

Tadbirda yuqori lavozimli polisiya amaldorlari ishtirok etgan. Bu holat muxolifat tomonidan tanqid qilinib, Ben-Gvir huquqni muhofaza qiluvchi organlarga noqonuniy ta’sir ko‘rsatayotgani haqida iddaolar yangragan.

Eslatib o‘tamiz, 30 mart kuni Knesset terrorizmda ayblangan shaxslarga nisbatan o‘lim jazosini joriy etuvchi qonunni qabul qilgan. Qonunga ko‘ra, harbiy sudlar tomonidan aybdor deb topilganlar 90 kun ichida qatl etilishi mumkin.

Mazkur tashabbus Ben-Gvir rahbarlik qilayotgan Yahudiy kuchi tomonidan ilgari surilgan bo‘lib, parlament a’zolarining ko‘pchiligi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. Shu bilan birga, qonun muxolifat, qator Yevropa Ittifoqi davlatlari va BMT Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Volker Tyurk tomonidan tanqid qilingan.

Kiritildi: 22:55 03.05.2026. O'qildi: 245 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!