Bugun 18 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Bemorlar soni oshmoqda: Xitoy xavfli virusi AQShga yetib bordi

Bemorlar soni oshmoqda: Xitoy xavfli virusi AQShga yetib bordi

AQShda Xitoy koronavirusi bilan birinchi kasallanish holati aniqlanganiligini tasdiqlashdi. Bu haqda The New York Times xabar qildi.

Vashington shtatida istiqomat qiluvchi kishi bu virus bilan kasallandi. U 15 yanvar kuni Xitoyning Uxan shahridan AQShga qaytib kelgandi.Erkak o‘zini yomon xis qilishni boshladi va zudlik bilan shifokorlarga murojaat qildi. Ular unda yangi virus borliginiga shubha qilishdi. Tashxis shu kunlarda tasdiqlandi. Hozir bemorning ahvoli barqaror deb baholanmoqda.  

O‘tgan haftada AQSh hukumati uchta aeroportda Xitoyning Uxan shahridan kelgan yo‘lovchilarni tekshirishni boshladi. Bu shaharda yangi koronavirus tarqalishi boshladi. Yo‘lovchilar Nyu-York, San-Fransisko va Los-Anjeles aeroportlarida tekshirilmoqda.

O‘tgan yilning dekabr oxirida kuni Xitoy hukumati mamlakatning Uxan shahrida noma’lum pnevmoniya epidemiyasi yuzaga kelgani haqida xabar qilgan edi. Xitoylik mutaxassislar kasallik qo‘zg‘atuvchisi  koronavirus 2019-nCoV ekanini aniqlashdi.

21 yanvar holatidagi ma’lumotga ko‘ra, Xitoy hukumati ushbu virus keltirib chiqargan 319 ta pnevmoniya holati aniqlangan. Olti nafar kishi vafot etdi.

Virus Xitoy tashqari  Tailand, Yaponiya va Janubiy Koreyada bu virus bilan kasallanish holatlari aniqlandi. Mutaxassislar virus odamdan odamga o‘tishini tasdiqlashdi.

 

Kiritildi: 15:39 22.01.2020. O'qildi: 3499 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!