Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Bemor eriga bir kecha qarab turishga hafsala topmagan ayol

Bemor eriga bir kecha qarab turishga hafsala topmagan ayol

Shifoxonada navbatchi edim. Kechki sanitarkalardan biriga noxush xabar kelib, uyiga javob berdik. Uning ishini sherigi qiladigan bo‘ldi. Shu payt huzurimga bashang kiyingan, tilladan soat, uzugu sirg‘alar taqib olgan ayol kirdi. Sumkachasi ham biz televizorda ko‘rgan qaysidir hayvonning terisidan.

– Duxtir, erim og‘ir kasal, unga qarab turadigan sanitarka ketib qolibdi. O‘rniga birorta boshqasini qo‘ying.

– Yanga, tushunadigan ayolga o‘xshaysiz. Buning hech iloji yo‘q. Bu oqshom o‘zingiz qarab yotasiz.

– Men qaray olmayman bemorga. O‘zim kasalman, qon bosimim oshgan.

– Opajon, bemor sizning eringiz, qolaversa, bir kecha ming kecha emas. Qon bosimi bo‘yicha esa hozir hamshiraga aytaman, bitta ukol qiladi.

Aytganday, sizga alohida karavat kirgizib berishadi. Shu bahonada davolanib ham olasiz.

Ayolning bezovtaligini, norizoligini ko‘rib, hayron qoldim. Tag‘in uyalmay gapiradi:

– Menga qarang, duxtur, iltimos, pul evaziga bo‘lsayam odam toping. Hech ilojim yo‘q.

– O‘z eringizga qaragani-ya?

– To‘g‘risi, gapimiz qochgan, munosabat yaxshi emas.

– IYE, shu ham bahona bo‘ldimi. Qaytam, shu oqshomda yarashib olasizlar. "Er-xotinning urishi – doka ro‘molning qurishi", deb bejiz aytishmaydi.

– Duxtur, meni qiynamang. Mana buni olib, bir ilojini qiling, iltimos.

U shunday dedi va sumkachasidan bir dasta pul oldi-yu, stolimga tashlab, xonadan chiqib    ketdi.

To‘g‘risi, bu faoliyatimdagi eng noxush voqea edi. O‘shandan buyon bunday voqeaning takrorlanishidan hadiksirab turaman…

Murodim UMRZOQOV,

"Zarafshon" gazetasi

Kiritildi: 16:29 02.07.2018. O'qildi: 1581 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!