Bugun 17 sentyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Bellingem «Real» tarixida hozirgacha hech qaysi yarim himoyachi qilolmagan ishni uddaladi

Bellingem «Real» tarixida hozirgacha hech qaysi yarim himoyachi qilolmagan ishni uddaladi

"Real" futbolchisi Jud Bellingem Ispaniya chempionatining bir mavsumida 15 ta gol urgan "Qirollik klubi"ning birinchi futbolchisi bo‘ldi.

“Qaymoqranglilar” La Liganing 24-turi doirasidagi o‘yinda ikkinchi o‘rindagi “Jirona”ni qabul qilib, 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. Bellingem dubl qayd etdi va ikkinchi bo‘lim boshida almashtirildi. Hozirda yarim himoyachi La Ligada 21 o‘yinda 16 ta gol urgan.

20 yoshli britaniyalik "Real"dagi debyut mavsumida hozircha 29 o‘yin o‘tkazib, 20 gol urdi va 8 golga assistentlik qildi.

Kiritildi: 13:25 11.02.2024. O'qildi: 1120 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!