Belgiya mudofaa vaziri Lyudivine Dedonder mamlakatda ularni Ukrainaga jo‘natish uchun yaroqli tanklar yo‘qligini aytdi.
"Taxminan o‘n yil oldin, tanklarni sotishga qaror qilindi, ular hozir ishlamay qoldi", - deya uning RTL telekanaliga bergan intervyusidan iqtibos keltiradi RIA Novosti.
Shu bilan birga vazir Dedonder Kiyevga muqobil yuborishni taklif qildi.
"Men ukrainaliklarning havo mudofaasi va tankga qarshi urush, shuningdek, o‘q-dorilar bo‘yicha eng dolzarb ehtiyojlarini qondiradigan qo‘shimcha yordam taklif qilaman", deb qo‘shimcha qildi u.