Bugun 28 sentyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Belgiya va Isroil o‘yini Bryusselda o‘tmaydi(mi?)

Belgiya va Isroil o‘yini Bryusselda o‘tmaydi(mi?)

Bryussel shahri ma’muriyati UYEFA Millatlar ligasi doirasida 6 sentyabrga belgilangan Belgiya – Isroil uchrashuvini poytaxt stadionida qabul qilishdan bosh tortdi. Ushbu qaror Yaqin Sharqda vaziyat keskinlashishi bilan bog‘liq, deyilgan shahar meriyasi tarqatgan xabarda.

– Yaqin Sharqda vaziyat fojiali tus olganini hisobga olib, Bryussel shahri burgomistrlar kollegiyasi hamda ularning o‘rinbosarlari hududda bunday musobaqani o‘tkazish o‘ta xavfli ekanidan ogohlantiradi, – deyilgan hujjatda.

Rasmiy Bryussel xavotir olishicha, match ommaviy norozilik keltirib chiqarishi mumkin. Bu holat ishqibozlar, Bryussel aholisi hamda polisiyaga xavf tug‘diradi.

Kiritildi: 13:14 20.06.2024. O'qildi: 787 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!