Bugun 17 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

Belgiya tarixidagi eng yirik o‘rmon yong‘ini Germaniyaga yaqinlashmoqda

Belgiya tarixidagi eng yirik o‘rmon yong‘ini Germaniyaga yaqinlashmoqda

Belgiyadagi Yuqori Fenn tabiat qo‘riqxonasidagi yong‘in tarqalishda davom etmoqda. Yong‘in fronti Germaniya chegarasidan taxminan 3 km uzoqlikda.

Chegara yaqinidagi Monshau shahrida vaziyat yomonlashishi mumkin. Kuchli tutun xavfi tufayli yaqin hududlar aholisiga yaqinlari oldiga ko‘chib o‘tish tavsiya qilingan. Evakuasiya qilinganlar uchun vaqtinchalik joylashtirish punktlari ham tashkil etilgan.

Belgiya hukumati Kyuxelshayd aholisini evakuasiya qilishga qaror qildi. Surbrod va Byutgenbax jamoalarining taxminan 600 nafar aholisiga ham evakuasiya tavsiya etildi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in allaqachon 3000 gektardan ortiq hududni yo‘q qilgan va bu Belgiya tarixidagi eng yirik o‘rmon yong‘ini hisoblanmoqda.

Kiritildi: 21:55 16.08.2026. O'qildi: 329 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!