Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Belgiya G‘azoga havo orqali insonparvarlik yordamini yetkazadi

Belgiya G‘azoga havo orqali insonparvarlik yordamini yetkazadi

Belgiya hukumati kelgusi haftada G‘azo sektoriga insonparvarlik yordami jo‘natishga qaror qildi. Shu bilan birga, Falastin xalqi uchun umumiy qiymati 500 ming yevro bo‘lgan yuk harbiy samolyotlar orqali havodan tashlanadi.

Bosh vazir Aleksandr De Krooning so‘zlariga ko‘ra, Belgiya yordami 100 ming yevrolik oziq-ovqat mahsulotlari va 400 ming yevrolik tibbiy buyumlardan iborat.

Gumanitar yordamni havo orqali jo‘natish qarori chegara punktlari orqali G‘azoga yuk tashish qiyinligi sababli qabul qilindi.

Belgiyaning A400M samolyoti Iordaniyaga uchadi. Yuk bir hafta ichida G‘azo sektoriga yetkaziladi. Shu maqsadda iordaniyaliklar bilan havo amaliyotining amaliy tomonini muhokama qilish va tahlil qilish uchun mamlakatga Mudofaa vazirligidan bir guruh yuborildi.

Bungacha Fransiya va Niderlandiya ham Iordaniya bilan birgalikda xuddi shunday operasiyalarni amalga oshirgan.

Kiritildi: 16:58 02.03.2024. O'qildi: 595 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!