Belgiya hukumati bosib olingan Falastin hududlaridan tovarlar import qilishni taqiqlash to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Belga axborot agentligi ma’lumotiga ko‘ra, mazkur qaror yozgi ta’til oldidan o‘tkazilgan Vazirlar Kengashining so‘nggi yig‘ilishida qabul qilingan.
Yig‘ilish tun yarmigacha davom etgan bo‘lib, uning yakunlari bo‘yicha bosib olingan Falastin hududlaridan importni taqiqlashga kelishib olingan.
Hozircha ushbu taqiqni amalga oshirish mexanizmi va uning huquqiy tartibi bo‘yicha batafsil ma’lumotlar e’lon qilinmagan.