Bugun 26 avgust, 2026 yil, chorshanba

КИР

Belgilanmagan joyga chiqindi tashlaganlarga 120 mln so‘mdan ortiq jarima qo‘llandi

Belgilanmagan joyga chiqindi tashlaganlarga 120 mln so‘mdan ortiq jarima qo‘llandi

2026 yilning aprel–iyun oylarida respublika bo‘ylab belgilanmagan joylarga chiqindi tashlash bilan bog‘liq 1 548 ta huquqbuzarlik holati aniqlandi. Bu haqda Chiqindilarni boshqarish agentligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, aniqlangan qoidabuzarliklarning 354 tasi transport vositalari, 1 194 tasi esa fuqarolar tomonidan sodir etilgan.

Huquqbuzarlarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, tegishli choralar ko‘rilmoqda. Hozirga qadar qoidabuzarlarning 16,9 foizi jarimaga tortilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, kuzatuv kameralari orqali aniqlangan huquqbuzarliklar bo‘yicha qo‘llangan jarimalarning umumiy summasi 123 million 394 ming so‘mni tashkil etdi.

Agentlikning ta’kidlashicha, ayni paytda respublikaning deyarli barcha hududlarida 700 dan ortiq onlayn kuzatuv kamerasi o‘rnatilgan bo‘lib, ular nafaqat chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlash, balki boshqa turdagi ekologik huquqbuzarliklarni ham aniqlash va ularga nisbatan choralar ko‘rish imkonini bermoqda.

Kiritildi: 17:09 15.07.2026. O'qildi: 715 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!