Bugun 24 aprel, 2026 yil, juma

КИР

Belarusda dronlarga qarshi yangi lazer tizimi yaratildi

Belarusda dronlarga qarshi yangi lazer tizimi yaratildi

Lukashenko yangi tizim 2 km gacha masofadagi dronlarni yo‘q qila olishini aytdi.

Prezident Aleksandr Lukashenko Belarusda uchuvchisiz qurilmalarga qarshi kurashish uchun lazer kompleksi ishlab chiqilganini ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, tizim dronlarni 1,5–2 kilometr masofagacha yo‘q qila oladi.
“Biznikilar qandaydir lazer ixtiro qilishdi… Ancha samarali, mudofaa vaziri aytishicha, u 1,5–2 kilometr masofada uchuvchisiz qurilmani kuydirib yuboradi”, — dedi Lukashenko.

U, shuningdek, dronlarga qarshi kurash barcha davlatlar uchun dolzarb vazifa bo‘lib qolayotganini, shu bilan birga hech bir tizim yuz foizlik himoyani ta’minlay olmasligini ta’kidladi.

Lukashenko zamonaviy dronlar radioelektron kurash vositalarini aylanib o‘tishi mumkinligini, bu esa ularni aniqlash va tutib qolishni murakkablashtirishini ham qayd etdi.

Avvalroq Belarusda sinovdan o‘tkazilgan “Shafran” nomli lazer kompleksi ishlab chiqilgani haqida xabar berilgandi.

Kiritildi: Bugun 09:02. O'qildi: 348 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!