11 iyun kuni Bektemir tumani “Nurafshon” MFY hududida Chirchiq daryosi qirg‘og‘ida beton qoplamaning qisman o‘pirilishi kuzatildi.
Hodisa joyiga mas’ul xizmatlar yetib borib, mustahkamlash ishlarini boshladi. Idoralararo shtab tuzilgan.
Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, hech qanday zarar yetmagan va aholi uchun xavf yo‘q. Vaziyat nazoratda.