Bugun 24 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Bekobodda ​ayol turmush o‘rtog‘ini pichoqlab qo‘ydi

A A A
Bekobodda ​ayol turmush o‘rtog‘ini pichoqlab qo‘ydi

Joriy yilning 11 dekabr kuni Toshkent viloyatining Bekobod shahrida yashovchi O.X. uyida rasmiy nikohsiz turmush o‘rtog‘i R.B.(ismli ayol) bilan birga spirtli ichimlik iste’mol qilib, o‘rtalarida kelib chiqqan o‘zaro janjal oqibatida O.X. uni bo‘g‘ib, yuziga qo‘li bilan urgan vaqtida R.B. uning ko‘krak qismiga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, natijada O.X. kasalxonaga yotqizilgan. R.B. ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 14:40 14.12.2018. O'qildi: 1557 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik