Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Bekobod tumanida tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi fuqarodan pora talab qilgan bosh mutaxassis ushlandi

Bekobod tumanida tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi fuqarodan pora talab qilgan bosh mutaxassis ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bekobod tuman bo‘limi va DXXning Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Bekobod tumani Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish bo‘limi bosh mutaxassisi I.E. fuqaro N.ga “Achamayli” MFY hududidagi daryo o‘zanida joylashgan karyerda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishiga to‘sqinlik qilmaslik evaziga 3 mln so‘m pora talab qilib, fuqaro G‘.X. orqali olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 13:16 13.05.2022. O'qildi: 2297 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!