Bugun 16 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Behzod Musayev bu yil kirish imtihonlarida 5ta fandan test bo‘lishi masalasi hali noma’lumligi haqida gapirdi

A A A
Behzod Musayev bu yil kirish imtihonlarida 5ta fandan test bo‘lishi masalasi hali noma’lumligi haqida gapirdi

«Toshkent besh tashabbus harakati» doirasida Yoshlar bilan ochiq muloqotda qatnashgan Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari uchun beshta fandan test sinovlari bo‘lishi haqidagi masalaga to‘xtalib o‘tdi.

«Hozircha bu yilgi test sinovlarida nechta fandan imtihon bo‘lishi masalasi to‘liq hal bo‘lgani yo‘q. Bu masalani hal qiladigan respublikaning maxsus komissiyasi bor. Ushbu komissiya a’zosi sifatida sizga aytishim mumkinki, 5ta fandan test bo‘lishi masalasi hech qayerda tasdiqlangani yo‘q.

Ko‘rdingiz pandemiya sabab o‘tgan yili 2ta fandan imtihonlar o‘tkazildi. Karantin to‘liq chekinmagan holatda ikkita fandan topshirib, keyingi yilda birdaniga beshta fandan bo‘lishi ham unchalik to‘g‘ri bo‘lmaydi. Bu masala ko‘rib chiqilmoqda va tez orada aniq bir to‘xtamga kelinadi», dedi Musayev.

Kiritildi: 17:42 21.05.2021. O'qildi: 2482 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!