The Telegraph nashriga ko‘ra, Britaniyaning Bi-bi-si telekanali AQSh saylovlaridan bir hafta oldin efirga uzatilgan “Panorama” dasturida Donald Trampning nutqini montaj orqali buzib ko‘rsatgan.
Materialda aytilishicha, Bi-bi-si Trampni go‘yo Kapitoliydagi tartibsizliklarga chorlaganday qilib ko‘rsatgan, aslida esa u “tinch va vatanparvarlik ruhida fikrimizni bildirish uchun borish” haqida gapirgan.
🔹 Ichki 19 betlik hisobotda telekanal Trampning nutqining boshi va oxiridan turli parchalarni birlashtirib, u “hech qachon aytmagan gaplarni” aytgandek qilib ko‘rsatgani ta’kidlangan.
🔹 Bi-bi-si rahbariyati bu haqdagi shikoyatlarni e’tiborsiz qoldirgani aytiladi.
🔹 Trampning o‘g‘li kichik Donald Tramp telekanalni “yolg‘on va soxta xabarlar tarqatishda” aybladi.
Buyuk Britaniya parlamentidagi konservatorlar bu holatni “juda xavotirli” deb atab, Bi-bi-si faoliyati bo‘yicha tekshiruv o‘tkazishni talab qilmoqda.
🔹 “Bu Bi-bi-si tarixidagi eng jiddiy va bezovta qiluvchi xolatlardan biri”, — dedi Britaniya madaniyat ishlari bo‘yicha soya kotibi Nayjel Xaddlston.
Shuningdek, hujjat Bi-bi-sidagi xolislik, madaniy ta’sir va rahbariyatning ichki tanqidlarga nisbatan munosabati bo‘yicha jiddiy savollarni ko‘targan.