Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

"Bayrutdagi portlashda Livanning o‘zi aybdor". Kapitan Putinga xat yozdi

A A A
"Bayrutdagi portlashda Livanning o‘zi aybdor". Kapitan Putinga xat yozdi

Halokatli ammiak selitrasini tashish uchun "Rosus" kemasiga yollangan Rossiya kapitani Boris Prokoshev Bayrut portida hibsga olinishi va Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga yo‘llagan xatlari haqida gapirdi.

Bir necha yil davomida Bayrut portida bo‘lgan uch ming tonna ammiakli selitra portlab, butun shaharni vayronaga aylantirdi va 100 dan ortiq odamni o‘ldirdi. Prokoshev «Sibir. Realii» nashriga bergan intervyusida Xabarovskda tug‘ilgan Igor Grechushkin tomonidan kema sotib olinayotgan paytda ishga yollanganini ma’lum qildi. Tadbirkor Mozambik bilan o‘g‘it yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolagan. Batumda yuklarni olib, belgilangan joyga borish kerak edi, ammo yo‘lda kema egasidan Livanga kirish va qo‘shimcha yuklarni olish to‘g‘risida buyruq keldi.

Prokoshevning aytishicha, portda anchadan beri ekipaj uchun na oziq-ovqat mahsulotlari, na majburiy port yig‘imlari, na oldingi ekipajning maoshi to‘langanligi ma’lum bo‘ldi. Bayrut hukumati "Rosus" jamoasiga Livanni tark etishni taqiqladi. Shundan so‘ng kapitan muntazam ravishda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ma’muriyatiga va Livandagi Rossiya konsulligiga yordam so‘rab xat yuborishni boshladi.

“Men Putinga har oy xat yozdim. Konsullik menga "Putin maxsus kuchlarni yuborishini xohlaysizmi?", — deb javob qaytarishga odatlandi", deydi kapitan.

Bunday tarzdagi bir nechta javoblardan so‘ng jamoa kemadagi yoqilg‘ini sotib yubordi va advokatlar yolladi, 11 oydan keyin ular uylariga qaytib ketishdi, ammiak bilan kema Bayrutda qoldi. Vaqt o‘tishi bilan tashlab ketilgan kema teshilgani tufayli portda "cho‘kdi" va hech kim yukni so‘ramadi. Kapitanning so‘zlariga ko‘ra, Grechushkin bir million dollar miqdorida o‘g‘it yetkazib berish uchun avans olgan va hozirda Kiprda yashaydi. "Mozambik yuklarni talab qilolmaydi, chunki u pulini to‘lanmagan. Livan ma’murlari ammiakli selitrani o‘z xohishiga ko‘ra chiqarib yuborishlari mumkin edi, ammo bunday qilishmadi", — dedi Prokoshev.

"Ular (Livan hukumati) aybdor. Imkon qadar tez (xavfli yuk tashuvchi kemadan) qutulish kerak edi», — deya qo‘shimcha qildi kapitan.

Avvalroq Kipr xavfsizlik xizmati Grechushkinni 4 avgust kuni kechqurun yuz bergan Bayrutdagi portlash munosabati bilan qidirayotgani ma’lum bo‘ldi. Dastlab portda pirotexnika portlagan deb taxmin qilingan, ammo Livan Ichki ishlar vaziri Muhammad Fehmi rossiyalik biznesmendan musodara qilingan ammiak selitrasi portladi, deb hisoblamoqda. Favqulodda vaziyatning aniq sabablari aniqlanmoqda. 

Kiritildi: 08:50 06.08.2020. O'qildi: 5996 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik