Bugun 2 iyun, 2026 yil, seshanba

КИР

Bayrut aholisi Dahiya tumanini tark etmoqda

Bayrut aholisi Dahiya tumanini tark etmoqda

Livan poytaxti Bayrutning janubiy chekkasida joylashgan Dahiya tumani aholisi hududni ommaviy ravishda tark etmoqda.

Avvalroq Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va mudofaa vaziri Israel Kas Isroil Mudofaa kuchlariga (SAHAL) Dahiya tumanida joylashgan «Hizbulloh» ob’ektlariga zarbalar berish bo‘yicha ko‘rsatma bergani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Shundan so‘ng hudud aholisi ehtimoliy havo hujumlaridan xavfsirab, xavfsiz joylarga ko‘chishni boshlagan.

Dahiya tumani uzoq yillardan buyon Hizbullohning asosiy tayanch hududlaridan biri hisoblanadi va o‘tgan mojarolar davomida ham bir necha bor Isroil aviasiyasi zarbalari nishonga aylangan. Hozircha ehtimoliy operasiyaning ko‘lami va boshlanish vaqti haqida rasmiy ma’lumot berilmagan.

Kiritildi: 23:33 01.06.2026. O'qildi: 186 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!