Germaniya Bundesligasi 31-tur doirasidagi "Bayer" - "Shtutgart" o‘yini bo‘lib o‘tdi. Mazkur bahsda tomonlar durangga imzo chekdi.
Dastlab, mehmonlar ikki gol farqi bilan oldinga chiqib olishgan bo‘lsa, Adli javob qaytardi. 90+6 daqiqada esa Andrix hisobni tenglashtirib ketdi.
Shu tariqa, "Bayer"ning mag‘lubiyatsiz seriyasi 46ta o‘yinga yetdi. Klub 81 ochko bilan turnir jadvalida peshqadam, "Shtutgart" bo‘lsa 3-o‘rinda.