Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Baydenning xatolari Uchinchi jahon urushiga sabab bo‘ladi — Tramp

Baydenning xatolari Uchinchi jahon urushiga sabab bo‘ladi — Tramp

AQShning sobiq prezidenti Donald Trampning fikricha, amaldagi prezident Jo Baydenning «qobiliyatsizligi» Uchinchi jahon urushi xavfini keltirib chiqaradi. Bu haqda u Texasdagi mitingda ma’lum qildi.

«Har kuni Baydenning qobiliyatsizligi Amerikani xavf ostiga qo‘yadi. Hamma biladi, agar men prezident bo‘lganimda Rossiyaning Ukraina bilan qilayotgan ishlari hech qachon mumkin bo‘lmasdi», — dedi Tramp.

U o‘z prezidentligi davrida Qo‘shma Shtatlar «kuch orqali tinchlik» degan tashqi siyosat tamoyilini tan olganini eslatdi. Bundan tashqari, Tramp Qo‘shma Shtatlarning yangi urushlarga kirishiga yo‘l qo‘ymaganini o‘zining xizmati deb atadi.

Tramp uning prezidentlik yillarida Rossiya «hech qayoqqa qimirlamagan»ini ham qayd etdi.

Tramp, shuningdek, Rossiya eksport gaz quvuri «Shimoliy oqim 2» qurilishiga amalda to‘sqinlik qilganini yana bir bor ta’kidladi.

Kiritildi: 10:16 30.01.2022. O'qildi: 4490 marta. Fikrlar soni: 3 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!