Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Baydenning Putin haqidagi fikrlari xavotirli tus olmoqda — Peskov

Baydenning Putin haqidagi fikrlari xavotirli tus olmoqda — Peskov

AQSh prezidenti Jo Baydenning Rossiya yetakchisi Vladimir Putin haqidagi yangi bayonotlari xavotir uyg‘otmoqda. Bu haqda Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov aytib o‘tdi, deb yozadi “RIA Novosti” 28 mart, dushanba kuni.

“Biz AQSh prezidentining bayonotlarini diqqat bilan kuzatishda davom etamiz”, — dedi Rossiya prezidentining matbuot kotibi.

26 mart kuni Bayden yana Putinni “qassob” deb atagan. Amerika yetakchisi o‘z nutqini Rossiya rahbari “hokimiyatda qola olmaydi” degan so‘zlar bilan yakunladi.

Shundan so‘ng AQSh prezidenti ma’muriyati vakillari Amerika yetakchisi Rossiyada hokimiyatni almashtirishga chaqirmaganiga ishontirdi. Shuningdek, ular Baydenning keskin bayonotlari Oq uyning rasmiy pozisiyasini aks ettirmasligi va u hissiyotga berilganini ta’kidladilar.

Kiritildi: 15:35 28.03.2022. O'qildi: 9324 marta. Fikrlar soni: 11 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!