Bugun 21 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

"Baydendan qutulish vaqti keldi"

A A A
"Baydendan qutulish vaqti keldi"

AQShning Aydaxo shtati gubernatori Bred Littl mintaqadagi partiya yig‘ilishida (kokuslar) ovoz berish kuni AQShning sobiq prezidenti Donald Trampni qo‘llab-quvvatlashini aytdi.

"Biz ochiq chegaramizni tuzatishimiz, nazoratdan tashqari xarajatlarni qisqartirishimiz va liberal siyosatchilarga qarshi kurashishimiz kerak. Jo Baydendan qutulish va Donald Trampni Oq uyga qaytarish vaqti keldi", - deb yozdi Littl.

AQSh ommaviy axborot vositalarining prognozlariga ko‘ra, Tramp Missuri shtatidagi shanba kungi kokuslarda delegatlarning 100% va Michiganda deyarli 98% ovoz bilan g‘alaba qozongan.

Kiritildi: 04:25 03.03.2024. O'qildi: 4752 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik