AQSh prezidenti Jo Bayden 25 avgust kuni ukrainalik hamkasbi Vladimir Zelenskiyga qo‘ng‘iroq qilib, Kiyevga harbiy yordam ko‘rsatilayotgani haqida ma’lumot berishni rejalashtirmoqda, dedi Oq uy.
Bu haqda AQSh Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi ma’lum qildi.
“Ertaga prezident Bayden Zelenskiyga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainaga yordam berish yo‘lidagi keyingi qadamlar haqida xabardor qilishini e’lon qilmoqchiman”, — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi RIA Novosti.
Avvalroq, 24 avgust kuni Jo Bayden Ukrainaga 2,9 milliard dollarlik harbiy yordam paketini e’lon qilgandi.