Bugun 25 sentyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Bayden: "Yaxshi xabar shundaki, Putinning urushi muvaffaqiyatsizlikka uchradi va..."

Bayden: "Yaxshi xabar shundaki, Putinning urushi muvaffaqiyatsizlikka uchradi va..."

AQSh Ukrainaning siyosiy kelajagi noaniq bo‘lgani uchun uni qo‘llab-quvvatlashdan bosh torta olmaydi, dedi AQSh prezidenti Jo Bayden Nyu-Yorkda BMT Bosh assambleyasining 79-sessiyasi oldida so‘zlagan nutqida. Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan keng miqyosli urush boshlanganidan beri AQShning NATO ittifoqchilari va hamkorlari, shuningdek, 50 dan ortiq boshqa davlatlar Rossiyaga qarshi chiqdi, dedi u 24 sentyabr, seshanba kuni.

«Putin urushi muvaffaqiyatsizlikka uchradi»

«Yaxshi xabar shundaki, Putinning urushi muvaffaqiyatsizlikka uchradi va uning asosiy maqsadi ham amalga oshmadi, — deya ta’kidladi Bayden. — U Ukrainani yo‘q qilishni maqsad qilgan, ammo Ukraina hali ham erkin, NATO oldingidan ham kattaroq, kuchliroq va birlashgan».

Bayden Ukraina Rossiyaga qarshi urushda g‘alaba qozonmaguncha uni qo‘llab-quvvatlashga va’da berdi. U Ukraina va dunyoning boshqa mamlakatlariga yordamni jiddiy ravishda qisqartirishi mumkin bo‘lgan respublikachi Donald Trampning Oq uyga qaytishi ehtimolini tilga olib, Moskva bilan keyingi qarama-qarshilikda taslim bo‘lmaslikka chaqirdi.

Kiritildi: Bugun 15:17. O'qildi: 720 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!