AQSh prezidenti Jo Bayden 26 sentyabr kuni Vashingtonda Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiyni qabul qiladi . Bu haqda Amerika hukumati matbuot kotibi Ketrin Jan-Perning Oq uy rasmiy saytida e’lon qilingan bayonotida ma’lum bo‘ldi .
«26 sentyabr, payshanba kuni prezident Bayden Oq uyda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashadi . Vise-prezident Xarris ham Oq uyda prezident Zelenskiy bilan alohida uchrashadi», — deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, yetakchilar Rossiya-Ukraina mojarosini, jumladan, Ukrainani strategik rejalashtirish va AQShning ko‘magini muhokama qiladi. Bundan tashqari, Bayden va Xarris Kiyevni qo‘llab-quvvatlashga sodiqliklarini ta’kidlaydilar .