Bugun 19 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Bayden va Kisida uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

A A A
Bayden va Kisida uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

AQSh Prezidenti Jo Bayden va Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida Pnompen shahrida o‘tayotgan Sharqiy Osiyo sammiti doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Shimoliy Koreyaning raketa uchirishi, Tayvan atrofidagi vaziyat, Rossiya – Ukraina ziddiyatini muhokama qildi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar berdi.

“Ikki yetakchi KXDR o‘zining noqonuniy ommaviy qirg‘in qurollari va ballistik raketa dasturlarini rivojlantirishda davom etayotganini qoraladi. Tomonlar Ukraina bilan bog‘liq vaziyat hamda Tayvan orolida tinchlik va barqarorlikni saqlash masalalarini atroflicha ko‘rib chiqdilar”, deyiladi bayonotda.

Bayden va Kisida, shuningdek, “qoidalarga asoslangan iqtisodiy tartibni himoya qilish muhimligini” muhokama qilishdi, “Hind va Tinch okeanining erkin hamda ochiq mintaqalarida tahdidlarga qarshi turish uchun AQSh –Yaponiya ittifoqini mustahkamlash va modernizasiya qilishni” davom ettirishga kelishib oldilar.

Kiritildi: 15:04 14.11.2022. O'qildi: 2901 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik