Ma’lum qilinishicha, Oq uy rahbari Afg‘onistonga diplomatik xodimlarni evakuasiya qilish uchun 5000 askar yuborgan.
«Afg‘onistonda AQSh xodimlariga yoki u yerdagi missiyamizga xavf soladigan har qanday harakat AQShning tezkor va qat’iy javobgarligi bilan kutib olinadi», — degan Bayden Oq uy matbuot xizmati tarqatgan bayonotda.
AQSh prezidentining ta’kidlashicha, bu Qatar poytaxti Dohada bo‘lib o‘tgan muzokaralarda «Tolibon» harakati vakillariga ma’lum qilingan. Bayden Qurolli Kuchlar va razvedka jamoasiga «Afg‘onistondan kelgusidagi terror tahdidlariga qarshi turishga tayyor bo‘lishni» buyurganini qo‘shimcha qilgan.
Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, AQSh elchixonasi xodimlari Kobuldan 36 soat ichida evakuasiya qilinadi.