Bugun 12 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Bayden Si Szinpin bilan telefon orqali suhbatlashmoqchi

Bayden Si Szinpin bilan telefon orqali suhbatlashmoqchi

AQSh Prezidenti Jo Bayden Xitoy rahbari Si Szinpin bilan telefon orqali suhbatlashmoqchi, biroq, hozircha aniq rejalar haqida ma’lumot yo‘q. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Pyer jurnalistlar bilan navbatdagi brifingda ma’lum qildi.

“Qo‘shma Shtatlar bir necha bor Xitoy Raisi Si Szinpinga qo‘ng‘iroq qilish niyatini yetkazgan. Hozircha qo‘ng‘iroq haqida aniqlik yo‘q”, dedi u.

“Avval aytib o‘tganimizdek, biz Xitoy bilan aloqa kanallarini ochiq qolishini muhim, deb hisoblaymiz. Garchi biz XXR bilan strategik raqobat haqida gapirayotgan bo‘lsak ham. Xitoy bilan ikki tomonlama munosabatlar muhim va bu o‘zgarmaydi”, deb qo‘shimcha qildi Jan-Pyer.

AQSh ma’muriyati so‘nggi haftalarda Bayden Si Szinpin bilan telefon orqali muloqot qilish istagini aniq aytib kelmoqda. Mart oyida “Reuters” agentligi xabar berganidek, Pekin muzokaralarni o‘tkazishdan manfaatdor emas, bunga qisman Vashingtonning Tayvanga nisbatan harakatlari sabab bo‘lmoqda.

Kiritildi: 13:40 21.04.2023. O'qildi: 1499 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!