Bugun 15 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Bayden qochqinlarni qabul qilish kvotasini oshirdi

Bayden qochqinlarni qabul qilish kvotasini oshirdi

AQSh prezidenti Jo Bayden qochqinlarni mamlakatga qabul qilish kvotasini 15 mingdan 62,5 ming kishiga oshirdi. Davlat rahbarining tegishli bayonoti Oq uy matbuot xizmati tomonidan ommaga ma’lum qilindi.

“Bu avvalgi ma’muriyat tomonidan belgilangan 15 ming kishilik tarixiy past kvotani bekor qiladi, bu Amerikaning qochqinlarni kutib oluvchi va qo‘llab-quvvatlovchi mamlakat sifatida qadriyatlarini aks ettiradi”, deyiladi hujjatda.

Ta’kidlanishicha, Bayden ma’muriyati Kongressga taqdim etilgan byudjetga kiritilgan keyingi moliya yilida (1 oktyabrdan boshlab) 125 ming muhojirni qabul qilishni rejalashtirmoqda. “Biz o‘z mamlakatlaridagi og‘ir sharoitlardan qochgan qochoqlarga yordam berish uchun barcha mavjud vositalardan foydalanamiz”, – deya xulosa qildi Oq uy rahbari.

Ma’lumki, 15 ming muhojirni qabul qilish kvotasi – 1980 yildan beri eng past ko‘rsatkich – Amerikaning oldingi rahbari Donald Tramp tomonidan belgilab qo‘yilgan edi.

Kiritildi: 18:50 04.05.2021. O'qildi: 1764 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!