Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Bayden Putinni «shafqatsiz zolim» deb atadi

A A A
Bayden Putinni «shafqatsiz zolim» deb atadi

AQSh prezidenti Jo Bayden Vest-Poyntdagi (Nyu-York) AQSh harbiy akademiyasi bitiruvchilari oldidagi nutqida Rossiya yetakchisi Vladimir Putinni «shafqatsiz zolim» deb atadi.

«Ammo biz Ukraina tomonidamiz va uni qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz. Biz ko‘p yillardan beri tanish bo‘lgan shafqatsiz zolim odamga qarshimiz. Biz orqaga chekinolmaymiz va chekinmaymiz ham», dedi prezident Bayden.

Shuningdek, u Vashington Ukrainaga qurol yetkazib berishda davom etishini va ukrainalik harbiylarni tayyorlashga yordam berishini aytdi.

Shuningdek, u NATO tarixdagi eng yirik mudofaa ittifoqi ekanligini va hozir har qachongidan ham kuchliroq ekanini aytdi.

Kiritildi: 16:50 26.05.2024. O'qildi: 2552 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik