Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Bayden: Putin Navalniyning o‘limi uchun javobgardir

Bayden: Putin Navalniyning o‘limi uchun javobgardir

"Navalniy korrupsiya va diktaturaga jasorat bilan qarshilik ko‘rsatdi. Qamoqda ham u haqiqat va ozodlik ovozi bo‘lib qoldi. Uni zaharlashga urinishdan keyin u qotillik tahdidi ostida Rossiyaga qaytdi. Putin Navalniyning o‘ldirilishi uchun javobgar, bu Putinning shafqatsizligining yana bir dalilidir, u nafaqat boshqa mamlakatlar fuqarolarini, balki o‘z fuqarolarini ham o‘ldirishga tayyor", — deya ta’kidladi AQSh prezidenti rus muxolifatchisining o‘limiga bag‘ishlangan murojaatida.

"Navalniy Rossiyada erkinlikka, qonun ustuvorligiga ishongan. U Putinning urush jinoyatlariga, uning dahshatli urushiga qarshi norozilik bildirdi. Tarix bizni, Vakillar palatasini kuzatmoqda: agar biz Ukrainani qo‘llab-quvvatlamasak, tarix bizni qoralaydi. Biz avvalgi prezidentga ergashmasligimiz va Rossiyaga o‘zi istaganini qilishiga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak. Putin va butun dunyo bilishi kerakki, agar u NATO a’zolaridan biriga hujum qilsa, biz ittifoq tuprog‘ining har qarichini himoya qilamiz", — deya qo‘shimcha qildi AQSh prezidenti.

U, shuningdek, amerikalik siyosatchilarni Rossiya Federasiyasiga qarshi bo‘lgan Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom ettishga chaqirdi.

Qayd etish kerakki, 2021 yilda Bayden "Navalniyning koloniyada o‘ldirilishi oqibatlari Rossiya uchun halokatli bo‘lishi mumkinligini" aytgan edi.

Kiritildi: 00:49 17.02.2024. O'qildi: 4520 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!