Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Bayden Putin bilan nima haqida gaplashishini aytdi

A A A
Bayden Putin bilan nima haqida gaplashishini aytdi

AQSh prezidenti Jo Bayden Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan inson huquqlariga rioya qilish mavzusini muhokama qiladi. Amerika rahbarining so‘zlari haqida TASS xabar bermoqda.

«Men bir necha hafta ichida Jenevada prezident Putin bilan uchrashaman. Men bu [inson] huquqlari buzilishiga yo‘l qo‘ymasligimizni aniq aytaman”, dedi Bayden AQShda Xotira kunida so‘zlar ekan.

Oldinroq Oq uy Bayden va Putin uchrashuvining mavzularini nomlagan edi: siyosatchilar Ukraina va Belorussiyadagi vaziyat haqida gaplashadilar. Oq uy vakili Jen Psakining so‘zlariga ko‘ra, Bayden yana bir bor "Ukrainaning suvereniteti va hududiy yaxlitligi" muhimligini ta’kidlaydi. Bundan tashqari, Vashington strategik barqarorlikni - xususan, qurollarni nazorat qilish masalasini muhokama qilmoqchi.

Kreml ikki davlat rahbarlarining uchrashuvidan kutganlari bilan o‘rtoqlashdi. Matbuot kotibi Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Moskva prezidentlarning birinchi uchrashuvi chuqur kelishmovchiliklar masalasida tushunishga olib keladi deb kutishga moyil emas. Peskov, shuningdek, jurnalistlarni ortiqchakutishlardan ogohlantirdi. Unga ko‘ra, muzokaralar yakunlari bo‘yicha hech qanday hujjatlarni imzolash rejalashtirilmagan.

Rossiya va AQSh prezidentlarining uchrashuvi 16 iyun kuni Jenevada bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 20:58 30.05.2021. O'qildi: 3665 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik