Kongress ma’qullaganidan keyin Oq uy Texas janubida AQSH-Meksika chegarasida devor qurilishi uchun federal moliyalashtirishni to‘xtata olmaydi.
Bu haqda AQSh prezidenti Jozef Bayden jurnalistlar savollariga javob berar ekan, tan oldi.
"Men buni to‘xtata olmayman", dedi Amerika rahbari.
Baydenning aytishicha, u Kongressni mablag‘larni qayta taqsimlashga ishontirishga harakat qilgan, biroq mamlakat qonunlariga ko‘ra, u allaqachon o‘zlashtirilgan pulni qayta yo‘naltira olmaydi.
Davlat rahbari AQSH-Meksika chegarasida qurilgan devorning samaradorligi haqidagi savolga salbiy javob berdi.