Bugun 28 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Bayden dollarning jahon iqtisodiyotiga ta’sirini baholadi

A A A
Bayden dollarning jahon iqtisodiyotiga ta’sirini baholadi

AQSh prezidenti Jo Bayden amerika dollarining jahon iqtisodiyoti muammolariga sabab bo‘layotganini qat’iy inkor qiladi, deb xabar berdi Oq uy matbuot xizmati.

"Dollarning mustahkamlanishi meni xavotirga solmaydi", - degan Bayden.

"Muammo bizda emas, balki boshqa mamlakatlarda iqtisodiyotning yetarli darajada o‘smayotgani va aql bilan siyosat yuritilmayotganida", - deya qo‘shimcha qilgan prezident.

U AQShga qaraganda boshqa mamlakatlarda inflyasiya yuqori ekaniga urg‘u bergan.

"Bizning iqtisodiyotimiz juda kuchli", - degan u.

Juma kuni Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) o‘z ma’ruzasida, dollarning joriy yildagi 2000 yildan buyon rekord darajada mustahkamlangani dunyoning qariyb barcha mamlakatlarida makroiqtisodiy oqibatlarni keltirib chiqargan.

Xalqaro valyuta jamg‘armasining ta’kidlashicha, amerika valyutasining kuchayishi barcha mamlakatlarning to‘lov balansida aks etmoqda va tranchegaraviy kreditlar to‘lashda hamda qarz olishda bosimni kuchaytirmoqda.

Kiritildi: 17:42 16.10.2022. O'qildi: 4083 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik