Bugun 28 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Bayden BAA Prezidentini AQShga taklif qildi

A A A
Bayden BAA Prezidentini AQShga taklif qildi

Prezident Jo Bayden Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad Bin Zoid Ol-Nahayonni 2022 yil oxirigacha AQShga borish va Oq uyda muzokara o‘tkazishga taklif qildi. Bu haqda “Emirates The National” gazetasi xabar qildi.

Nashr yozishicha, Amerika rahbari bu taklifni Jidda shahrida bo‘lib o‘tayotgan Arab-Amerika sammiti doirasida ma’lum qilgan.

“Bugungi kun muammolarni bir davrada o‘tirib muhokama qilishni taqozo etmoqda. Vashingtonda shunday uchrashuv o‘tkazishni taklif qilaman”, dedi Bayden.

Xabar berilganidek, bugun Fors ko‘rfazi arab davlatlari hamkorlik kengashi sammiti bo‘lib o‘tyapti.

Kiritildi: 18:58 16.07.2022. O'qildi: 3498 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik