AQSh prezidenti Jo Bayden, “mustaqil ekspertlar”ga tayanib, 2022 yilda o‘sish sur’ati bo‘yicha Amerika iqtisodiyoti 1976 yildan buyon birinchi bor Xitoyni quvib o‘tishi mumkinligini ta’kidladi.
"Mustaqil ekspertlar hisob-kitobiga ko‘ra, AQSh iqtisodiyoti bu yil Xitoy iqtisodiyotidan ko‘ra tez o‘sishi mumkin", – deb yozgan u ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Baydennnig aytishicha, bunday holat 1976 yildan buyon kuzatilmagan edi.
Shu bilan birga, AQSh prezidenti ushbu fikrlarni aynan qaysi ekspertlarga tayanib aytayotganini oshkor etmagan.
Xalqaro valyuta jamg‘armasining (XVJ) hisob-kitoblariga ko‘ra, 2022 yilda Xitoy YAIMi o‘sishi 3,2 foiz bo‘lishi kutilmoqda. Shu bilan birga, XVJ Amerikaning joriy yildagi iqtisodiy o‘sishi 1,6 foiz bo‘lishini ma’lum qilgan.