Shamol tezligi 40 m/s gacha yetadigan "Bavi" tayfuni Xitoyning sharqidagi Chjeszyan provinsiyasiga yetib keldi.
Bu haqda Xitoy markaziy televideniyesi xabar berdi.
Bo‘ron ta’sirini kutish uchun mamlakat sharqida qariyb 2 million kishi evakuasiya qilindi.
Avvalroq, Milliy suv toshqini va qurg‘oqchilikka qarshi kurash shtabi, shuningdek, Chjeszyan va Fuszyan provinsiyalari rasmiylari tayfunga favqulodda choralar ko‘rishni 3-darajadan 2-darajaga ko‘targan edi.
Xitoyning Markaziy meteorologiya stansiyasi ham kuchli yog‘ingarchilik kutilayotgani sababli eng yuqori darajadagi qizil xavfni e’lon qildi.