Bugun 21 sentyabr, 2024 yil, shanba

КИР

"Bavariya" stadioni nomini afsona sharafiga o‘zgartiradi

"Bavariya" stadioni nomini afsona sharafiga o‘zgartiradi

Germaniyaning "Bavariya" klubi shahar meriyasi bilan birgalikda stadion nomini klub afsonasi Frans Bekkenbauer xotirasiga o‘zgartirishga qaror qildi.

Uy stadionining hozirgi nomi – "Alyans Arena".

Myunxen shahar kengashi stadion nomini o‘zgartirish g‘oyasini ma’qulladi. Yaqin kunlarda klub arena nomi o‘zgarganini rasman e’lon qiladi.

"U shahrimizdan yetishib chiqqan buyuk sportchilardan biri", – dedi Myunxen meri Diter Rayter.

Nemis klubi kuni kecha Chempionlar Ligasining 1-turida Zagrebning "Dinamo" jamoasini 9:2 hisobida mag‘lub etgandi. "Qizillar" navbatdagi o‘yinini 21 sentyabr kuni Bundesliga doirasida "Verder"ga qarshi o‘tkazishadi.

Kiritildi: 22:45 20.09.2024. O'qildi: 534 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!