Bugun 21 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

«Barselona» Zidanning yordamiga umid qilmoqda

«Barselona» Zidanning yordamiga umid qilmoqda

«Barselona» qishki transfer oynasidagi ishlar haqida hozirdanoq o‘ylamoqda. Kataloniya klubi o‘ng qanot himoyachisi pozisiyasida Erik Garsiyaga raqobatni boy berayotgan Jyul Kundeni katta mablag‘ evaziga sotish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

El Nacional nashridagi materialda «Zidan Kundening transfer qiymatini tiklashga yordam berishi mumkin», deya qayd etilgan.

«Barselona» sport direktori Dekuning fikricha, Fransiya terma jamoasiga borish va muhit almashishi Kundega ijobiy ta’sir qilishi mumkin. Agar himoyachi milliy jamoa safida yaxshi o‘yin ko‘rsatsa, bir qator klublar unga bo‘lgan qiziqishini yana tiklashi ehtimoldan xoli emas.

«Barselona» muhitning o‘zgarishi unga foyda berishidan umid qilmoqda. Flik bilan o‘tgan so‘nggi murakkab haftalardan keyin Kundega o‘ziga bo‘lgan ishonch kerak. Fransiya terma jamoasi esa unga yana o‘zini muhim futbolchi sifatida his qilish imkonini berishi mumkin», — deb yozadi manba.

Deku Kunde uchun Angliya bozorini eng maqbul variant deb hisoblamoqda. «Barselona» fransuz futbolchisini arzonga sotishni istamaydi. Agar u Fransiya termasi safida o‘zini yaxshi ko‘rsatsa, APL klublari uning uchun kamida 70 million yevro to‘lashga tayyor bo‘lishi mumkin.

Kataloniyaliklar bu mablag‘ni yangi transferlarga, jumladan Flik talab qilayotgan chap oyoqda o‘ynaydigan markaziy himoyachini xarid qilishga sarflashi mumkin.

Shu bois «Barselona» Fransiya terma jamoasining Millatlar ligasidagi yaqin o‘yinlarini diqqat bilan kuzatadi. Jyul Kunde Zinedin Zidan tomonidan terma jamoaga chaqirilgan futbolchilar ro‘yxatidan joy olgan.

Kiritildi: 09:43 20.09.2026. O'qildi: 472 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!