Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

«Barselona» yulduzi jarohat sabab 5-6 oy maydonga tusha olmaydigan bo‘ldi

«Barselona» yulduzi jarohat sabab 5-6 oy maydonga tusha olmaydigan bo‘ldi

Yarim himoyachi Frenki de Yong tizzasidan ancha jiddiy jarohat oldi. «Barselona» avvalroq niderlandiyalik futbolchining bog‘lamlari uzilganini e’lon qildi. Kataloniyaliklar de Yongning safdan qancha vaqtga chiqqani borasida hech qanday ma’lumot berishmagandi.

AS nashri ma’lumotlariga ko‘ra, de Yongga tiklanish uchun besh yoki olti oy kerak bo‘ladi. Bu esa Frenkining katta ehtimol bilan faqat 2027 yildagina maydonga qaytishini anglatadi.

Frenki de Yong «Barselona» safida jami 297 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 20 ta gol va 31 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan.

Eslatib o‘tamiz, «Barselona» Ispaniyaning amaldagi chempioni hisoblanadi.

Kiritildi: 23:08 23.07.2026. O'qildi: 649 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!