Bugun 21 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

«Barselona» o‘yinchisi o‘z raqamini Rodriga berishini aytdi

«Barselona» o‘yinchisi o‘z raqamini Rodriga berishini aytdi

«Barselona» yangi transferi Rodri Ernandesga uning sevimli raqamini qoldirishga qaror qildi. Kataloniya klubining yaqin soatlarda e’lon qilinishi kutilgan yulduz yarim himoyachisi jamoada 16-raqam ostida maydonga tushadi. Ushbu raqam avvalroq Fermin Lopesga tegishli edi. Bu haqda «blaugrana»ning 23 yoshli futbolchisi intervyusida ma’lum qildi.

«Rodri – juda kuchli futbolchi. U jahon chempioni, «Oltin to‘p» sohibi. Biz Ispaniya terma jamoasida birga o‘ynaganmiz va men uni dunyodagi eng yaxshi tayanch yarimhimoyachi deb hisoblayman.

Men har doim yettinchi raqamni yaxshi ko‘rganman. U bo‘sh ekanini bilganimda, shu raqamni tanladim. «Barsa» tarixida ko‘plab buyuk futbolchilar aynan yettinchi raqam ostida o‘ynashgan. Albatta, 16-raqam bilan xayrlashish biroz g‘amgin bo‘ldi, chunki u men uchun juda qadrli edi. Lekin ishonamanki, endi u yaxshi qo‘llarda bo‘ladi», – deya Ferminning so‘zlarini keltiradi Barca Universal.

Ma’lumotlarga ko‘ra, «Manchester Siti» Rodrini «Barselona»ga sotish orqali bonuslar bilan birga jami 76,5 million yevro atrofida daromad qiladi.

Kiritildi: 14:18 18.08.2026. O'qildi: 876 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!