Bugun 10 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

«Barselona» tarbiyalanuvchisi «Real»ni boshqarishi mumkin

«Barselona» tarbiyalanuvchisi «Real»ni boshqarishi mumkin

«Komo» ustozi Sesk Fabregas «Real»ning yangi bosh murabbiyiga aylanishi mumkin. Bu haqda El Desmarque jurnalisti Xorxe Pikon ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, madridliklar yosh mutaxassisni jamoaning yangi bosh murabbiyi sifatida ko‘rib chiqmoqdalar.

Pikonning fikriga ko‘ra, Fabregasning Italiyadagi faoliyati «qaymoqranglilar» rahbariyatida katta taassurot qoldirgan.

Fabregas 38 yoshda, u ilgari «Barselona» safida to‘p surgan va kataloniyaliklar bilan 2012/13 yilgi mavsumda La Ligada g‘olib chiqqan. Sesk — Kataloniya klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Hozirda ispaniyalik mutaxassis qo‘l ostidagi «Komo» A Seriya turnir jadvalida beshinchi o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: Bugun 12:32. O'qildi: 344 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!