Bugun 27 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

"Barselona" senegallik himoyachi transferini e’lon qildi

A A A
"Barselona" senegallik himoyachi transferini e’lon qildi

"Barselona" Belgiyaning "Eypen" klubi bilan himoyachi Mussa Vag transferi borasida kelishuvga erishdi. 19 yoshli futbolchi tez orada "Barselona" bilan shartnoma imzolaydi. Bu haqda kataloniyaliklar rasmiy sayti ma’lum qildi. 

Ma’lum qilishinishcha, Vag tibbiy ko‘rikdan ham muvaffaqiyatli o‘tgan. Yangi mavsumda futbolchi "Barselona"ning ikkinchi jamoasida o‘ynaydi. 

Mussa Vag "Eypen" tarbiyalanuvchi bo‘lib, u asosiy jamoada 2017 yili debyut qilgan. U o‘tgan mavsum Belgiya chempionatida 17ta o‘yinda maydonga tushib, 1ta golli uzatma muallifiga aylangan. 

Manba: kun.uz

Kiritildi: 07:01 04.08.2018. O'qildi: 1569 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik