Bugun 1 iyul, 2024 yil, dushanba

КИР

"Barselona" Sanchoni ijaraga olishga tayyor

"Barselona" Sanchoni ijaraga olishga tayyor

"Manchester Yunayted" hujumchisi Jeydon Sancho faoliyatini Ispaniya grandida davom ettirishi mumkin. Sport xabariga ko‘ra, agar mankunianliklar futbolchini sota olmasalar, u yana ijaraga ketishi kerak. "Barselona" bunday kelishuvni amalga oshirishga qarshi emas.

Eslatib o‘tamiz, “ko‘k-anorranglilar” uchun muammo ularning moliyaviy ahvoli bo‘lib, Sanchoga katta maosh to‘lashga imkon bermaydi. Biroq, Jeydon Xans-Diter Flik jamoasiga o‘tish uchun maoshini kamaytirishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Sancho so‘nggi mavsumning ikkinchi yarmini Dortmundning "Borussiya"sida ijarada o‘tkazgan.

Kiritildi: 12:20 25.06.2024. O'qildi: 524 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!