Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Rodri Ernandes "Manchester Siti"dagi faoliyatini yakunlab, "Barselona" futbolchisiga aylandi.
Insayder Fabrisio Romanoning xabar berishicha, 30 yoshli futbolchi Kataloniya klubi bilan 2030 yilning yoziga qadar amal qiladigan shartnomaga imzo chekkan.
Avvalroq tomonlar transfer bo‘yicha 60 million yevro hamda turli bonuslarni nazarda tutuvchi kelishuvga erishgani aytilgan edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Rodri "Barselona"da yiliga 15 million yevro maosh oladi.
Ispaniyalik futbolchi "Manchester Siti" tarkibida barcha musobaqalar hisobida 298 ta uchrashuv o‘tkazgan. U bu o‘yinlarda 28 ta gol urib, sheriklariga 32 marta golli uzatma bergan.
Endi Rodri yangi jamoasi bilan mavsumning ilk rasmiy o‘yiniga tayyorgarlik ko‘radi. "Barselona" 23 avgust kuni La Liganing birinchi turi doirasida "Elche"ga qarshi maydonga tushadi.