“Barselona” klubining Antuan Grizmann transferi borasidagi ishlari omadsiz tugadi. Yaqinda fransiyalik futbolchi yakuniy qarorini e’lon qildi. U “Atletiko”da qolishini ta’kidladi. Oqibatda Kataloniya klubining hafsalasi pir bo‘ldi. Kamiga “Barselona” Grizmann mojarosi tufayli Pike va Umtitini xoinlikda ayblayapti.
Gap shundaki, “Kosmos studios” kompaniyasi “Barselona” va “Atletiko” o‘rtasidagi Grizmann borasidagi muzokaralar to‘g‘risida film suratga olgan va filmda Antuanning Madridda qolishi aytilgandi. Mazkur kompaniya esa Jerar Pikega tegishli. “Barselona” rahbariyatining fikricha, Pike Grizmanning “Barselona”ni rad etish borasidagi qarorini qo‘llab-quvvatlagan. Umtiti esa Pikening fikrlarini yoqlab chiqqan.