Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

“Barselona” oxirigacha bormoqchi: “El-klasiko” qayta o‘tkazilishi mumkin

“Barselona” oxirigacha bormoqchi: “El-klasiko” qayta o‘tkazilishi mumkin

Ispaniya chempionati navbatdagi turida, 21 apreldan 22 aprelga o‘tar kechasi “Real” “Barselona”ni qabul qilgandi. O‘yinda bahsli holat yuzaga kelgan, ya’ni Kataloniya klubi futbolchisi Lamin Yamal bergan zarbani “Real” posboni Lunin qaytargandi, lekin to‘p chiziqni kesib o‘tgani yoki o‘tmagani so‘roq ostida qoldi. Bosh hakam to‘p chiziqni kesib o‘tmagan deb topdi, Kataloniya klubi esa gol bo‘lgan deb hisoblamoqda.

BleacherReport nashriga ko‘ra, “Barselona” prezidenti Joan Laporta Ispaniya hakamlar markaziga murojat qilib, Yamalning zarbasidan keyin to‘p ichkariga kirgandek ko‘ringan epizod bo‘yicha barcha video va audiolarni so‘ragan. Ularni o‘rganib chiqib, gol borligi aniqlansa, “Barselona” uchrashuvni qayta o‘tkazishni talab qilmoqchi ekan. Laportaning aytishicha, klub oxirigacha bormoqchi.

Kiritildi: 19:30 22.04.2024. O'qildi: 2088 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!